O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

Prezident maktablari oʻquvchilari SEAMO-2020 sovrindorlari boʻlishdi



 

Prezident maktablari oʻquvchilari Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO-2020) sovrindorlari boʻlishdi. SEAMO Singapur davlatining Global SEAMO tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi. Barcha test savollari esa Singapur davlatining Terry Chew Academy tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.Prezident maktablari oʻquvchilari SEAMO 2020 natijasiga koʻra, bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.Jumladan, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Muxammadrizo Madjidov SEAMO 2020 ning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Namangan shahridagi Prezident maktabining 7-sinf oʻquvchisi Adiba Tojimirzayeva va Xiva shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Madina Saʼlullayevalar kumush medali sohibiga aylandilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabining 7-sinf oʻquvchisi Orifxon Husanov, Namangan shahridagi Prezident maktabining 8-sinf oʻquvchisi Mohina Rustamova va Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongir Amirhamzayev olimpiadaning bronza medallarini yutib olishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston boʻyicha har bir sinf kesimida eng yuqori 3 talik gʻoliblar saralab olinadi va ular Terry Chew Academy tomonidan tashkil etiladigan bir haftalik onlayn treningda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Trening natijasiga koʻra ishtirokchilar xalqaro diplom bilan taqdirlanadi.

Taʼkidlash lozimki, bu kabi olimpiada va musobaqalar oʻquvchilarimizga kelajakda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrish uchun yaxshi tajriba vazifasini oʻtab beradi.