O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

PIIMAning rasmiy bayonoti



Internet tarmogʻida Prezident maktablari va Muhammad al-Xorazmiy maktabiga tayyorlov kurslari tashkil etilayotgani haqida turli eʼlonlar chop etilmoqda.

Baʼzi eʼlonlarda oʻquvchilar uchun tayyorlov kurslari matematika va ingliz tilidan tashkil etilayotgani qayd etilgan. Yana bir eʼlonda esa oʻquv markazining oʻquvchilari 2020-yilda Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy maktabiga birinchi oʻrinlarda kirgani taʼkidlagan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Birinchidan, “Prezident maktablari va Muhammad al-Xorazmiy maktabiga uchun tayyorlov kurslari” deb eʼlon berayotgan boshqa oʻquv kurslarining Prezident maktablari va Muhammad al-Xorazmiy maktabiga hech qanday aloqasi yoʻq.

Ikkinchidan, Prezident maktablariga qabul imtihonlarida talabgorlar tanqidiy fikrlash va mantiqiy bilimni talab etuvchi topshiriqlarni yechishadi. Matematika fanidan imtihon talabgorlar soni koʻp boʻlsa va saralash bosqichi oʻtkazilsa talab qilinishi mumkin.

Uchinchidan, oʻquv markazining oʻquvchilari 2020-yilda Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy maktabiga birinchi oʻrinlarda kirdi degan maʼlumoti notoʻgʻri. 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli Prezident maktablariga imtihonlar oʻtkazilmadi. Tabiiyki, oʻquv markazi oʻquvchilari qabul imtihonida birinchi oʻrinlarda kirish imkoniyatiga ega boʻlmaganlar.

Shu munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi ota-onalardan farzandlarini bunday kurslarga berayotganda ehtiyotkor boʻlishlariga chaqiradi.

Maktablarga oʻtkaziladigan qabul jarayoni va imtihonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-sayti (www.piima.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishib borishingiz mumkin.