O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

PIIMA va SixClouds oʻquvchilarga matematika fanidan mahorat darslarini tashkil etdilar



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) va SixClouds Pte Ltd kompaniyasi (Singapur) agentlik tasarrufidagi maktablarning 6- va 7-sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan mahorat darslarini oʻtkazadilar.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida PIIMA va SixClouds Pte Ltd kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Hujjat doirasida Agentlik Prezident maktablari va uchta ixtisoslashtirilgan maktablarda SixClouds kompaniyasining matematika va ingliz tili fanlari boʻyicha davlat dasturlaridan foydalanish huquqiga ega boʻldi.

Hamkorlik doirasida SixClouds kompaniyasi Prezident maktablari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabining 6- va 7-sinf oʻquvchilari uchun mahorat darslarini oʻtkazadi.

Mahorat darsi ishtirokchilari va ularning oʻqituvchilari SixClouds taʼlim platformasi va uning imkoniyati bilan tanishadilar. Shu bilan birga 24-noyabrdan 17-noyabrga qadar Singapur kompaniyasi vakillari matematika faniga oid turli mavzularga bagʻishlangan 8 ta mahorat darslarini oʻtkazadilar.

SixClouds kompaniyasi IGNITE onlayn platformasini yaratgan. Platforma Singapur taʼlim tizimi asosida yaratilgan.

IGNITE platformasi bolalarning maktabdan tashqari taʼlimini tashkil etish uchun yaratilgan hamda hozirda ingliz tili va matematikani oʻrganish dasturlarini taklif etmoqda.

Bu ikki fan bolalarning kelajakdagi muvaffaqiyatga erishishlari uchun muhim fanlardir. Platformadan kompyuter yoki mobil qurilmalar orqali foydalanish mumkin.

Platforma doirasida darslar animatsiya asosida yaratilgan boʻlib, qiyin mavzularni ham yengil tushunishga imkoniyat yaratadi.