O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

PIIMA direktori Women Leadership Forum: Uzbekistan 2020 forumida ishtirok etdi



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) direktori Hilola Umarova joriy yilning 26-noyabr kuni Oʻzbekistondagi birinchi Rahbar ayollar forumi “Women Leadership Forum: Uzbekistan 2020”da ishtirok etdi.

Forum 25-26-noyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri mahkamasi huzuridagi Hukumat liderlari dasturi hamkorligida tashkil etildi.

Forumning maqsadi jahonda gender tengligini taʼminlashga oid dolzarb muammolarni atroflicha muhokama qilish va ularning optimal yechimlarini ishlab chiqish, davlat, jamiyat va biznes boshqaruvida xotin-qizlarning faolligini oshirish va xotin-qizlarda rahbarlik va liderlik qobiliyatini rivojlantirish boʻldi.

Hilola Umarova “Women Leadership Forum: Uzbekistan 2020” forumining “Yetakchi ayollarning yangi avlodi” sessiyasida ishtirok etdi.

Oʻz nutqida PIIMA rahbari hamkorlik va sheriklik aloqalarini rivojlantirish tajribasi va gender tenglikni taʼminlashda zamonaviy texnologiyalarning oʻrni toʻgʻrisidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

PIIMA direktori Hilola Umarova Oʻzbekistonda yetakchi ayollari safi tobora koʻpayib borayotganini taʼkidlagan holda, ayollar ular uchun yaratilayotgan sharoitlardan foydalanishga, faol boʻlishga va oʻzlariga ishonishga chaqirdi.