O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

“Navoiyni anglash yo‘lida” mavzusidagi respublika ilmiy-metodik konferensiyasi o‘tkaziladi



2021-yilning 4-fevral kuni buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bag‘ishlab “Navoiyni anglash yo‘lida” mavzusida respublika ilmiy-metodik konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya Alisher Navoiyning hayot yo‘li, ijodiy merosini o‘rganish va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishni takomillashtirish, shoir asarlarini o‘rgatishda mavjud yondashuvlarni takomillashtirish va ularni yangilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil e’tilmoqda.

Ilmiy metodik konferensiyada muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:

  • Alisher Navoiy asarlarida umuminsoniy g‘oyalar va insoniy fazilatlar talqini.
  • Uzluksiz ta’lim tizimida Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish masalalari.
  • Navoiy lirikasini o‘qitish muammolari.
  • Navoiy epik asarlarini o‘qitish: sharhlar va tabdillar.
  • Navoiy nasri – shoir hayoti va ijodini o‘rganishda muhim manba.
  • Navoiy asarlarida ta’lim-tarbiya mavzusi.

Ilmiy-nazariy konferensiyada ishtirok etish shakli: yalpi majlisda va sho‘balardagi ma’ruzalar, muhokamalarda ishtirok.

Ilmiy ma’ruzalar davomiyligi: 10-15 daqiqa.

Ilmiy-metodik konferensiyani o‘tkazish tartibi: konferensiya 2021- yilning 4 fevral kuni soat 10:00 da online shaklida o‘tkaziladi. Konferensiya boshlangunga qadar Zoom ilovasi havolasi taqdim etiladi.

KONFERENSIYADA QATNASHISH SHARTLARI

Konferensiya ishida ishtirok etish uchun 2021 yil 25 yanvarga qadar maqola va tezislarni tashkiliy qo‘mita a’zolari Sabohat Rahimova (+998 97 134 25 50) va Muhayyo Mamatqulova (+998 97 708 91 65)ga telegramm orqali jo‘natish lozim.

Maqolada iqtiboslar keltirishda mualliflik huquqi masalalariga alohida e’tibor qaratishingiz so‘raladi. Konferensiyaga kelib tushgan ilmiy ma’ruzalar Tashkiliy qo‘mita tomonidan saralanadi.

Konferensiya maqolalari bepul chop etiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa telefonlari: +998 97 134 25 50

E-mail: a.navoiy@piima.uz

Ma’ruza matnini shakllantirishga texnik talablar:

Muharrir: Microsoft Word. Shrift «Times New Roman», hajm – 14. Bet hajmi – A4, sahifa shakli– «kitobiy». Bet hoshiyalari: yuqori qismi – 2 sm.; pastki qismi – 2 sm.; chap tomon – 3 sm.; o‘ng tomon – 2 sm. Xatboshi chekinishi: chap tomon – 0; o‘ng tomon – 0; birinchi qator – 1,25 sm. Xatboshi intervali: old qismi– 0; keyingisi – 0; qatorlararo interval – 1,15. 

Maqolaning birinchi xatboshisi: o‘rtada, bosh harflarda, yarimyo‘g‘on shriftda – Maqolaning to‘liq nomi. Maqolaning ikkinchi xatboshisi: o‘ng tomondan – muallifning F.I.Sh. (hammuallif). Maqolaning uchinchi xatboshisi: o‘ng tomondan – oliy ta’lim muassasasining to‘liq nomi. To‘rtinchi xatboshi: o‘ng tomondan – muallifning elektron manzili.10 tagacha so‘zdan iborat tayanch tushunchalar. Maqola matni: uzunlik bo‘yicha tekis. Maqola betlarining raqamlari qo‘yilmaydi. “Olib o‘tish” funksiyasi ishlatilmaydi. Matndagi ajratmalar uchun kursiv ishlatiladi. Havolalar matn ichida namuna bo‘yicha yarim yumaloq qavslarda beriladi: (1, 21). Manbalarning to‘liq ro‘yxati betlarning umumiy soni va maqola joylashgan betlar ko‘rsatilgan holda ishning oxirida “Foydalanilgan adabiyotlar” grifi ostida alfavit tartibida beriladi. Avval o‘zbek va rus tillardagi manbalar, so‘ng xorijiy tillardagi manbalar ko‘rsatiladi. Elektron manbalar bosma manbalardan keyin beriladi (alfavit tartibida). Maqola hajmi –A4 formatda 5 betdan, tezislar 3 betdan kam bo‘lmagan tarzda.

Maqolalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.

Taqrizdan o‘tgan maqola va tezislar “Navoiyni anglash yo‘lida” nomi bilan to‘plam holida chop etiladi.

Anjuman materiallarini Sabohat Rahimova (+998 97 134 25 50) va Muhayyo Mamatqulova (+998 97 708 91 65)ga telegramm orqali jo‘natish lozim.

 

Ariza namunasi

Familiyasi, ismi, sharifi

 

Ilmiy darajasi, ilmiy lavozimi 

 

Ish joyi va lavozimi

 

Maqola nomi

 

Telefon