O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

“Erkin Vohidov – nodir iste’dod sohibi” nomli ijodiy tanlovi g‘oliblari aniqlandi



Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi ijod maktablari o‘quvchilari orasida “Erkin Vohidov – nodir iste’dod sohibi” nomli ijodiy tanlovi o‘tkazdi.

Tanlov oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini yanada rivojlantirish, ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ilmiy tadqiqot, nazm, nasr hamda AKT sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratib berish maqsadida tashkil etildi.

“Erkin Vohidov – nodir iste’dod sohibi” nomli ijodiy tanlovi ijod maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn shaklda o‘tkazildi: 
- nazm yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi she’rlar); 
- nasr yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar); 
- badiiy publisistika yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodining badiiy-publisistik janrdagi asarda yoritilishi);
 - badiiy tarjima yo‘nalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari); 
- “Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilimdonlari” yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan tuzilgan onlayn test sinovlarida va “zoom” ilovasi orqali o‘tkaziladigan savol-javoblarda ishtirok etish); 
- teleradiojurnalistika yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid 3-5 daqiqali video va audiolavhalar tayyorlash).

Tanlov shartlarini bilimdonlik bilan bajargan o‘quvchilar haqiqatdan ham Erkin Vohidov asarlari buyuk ekanligini yana bir bor isbotladilar. Natijalarga quyidagi o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

O'rin  Ishtirokchi Maktab  Ball 
NAZM yo'nalishi 
1 Mamatkarimova Muattar Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 85
2 Tursunova Sarvinoz Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 82
3 Zinatshoyev Hojiakbar Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 80
NASR yo'nalishi 
1 Olimjonova Sarvinoz  Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 92
2 Egamberdiyeva Odina Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi 90
3 Gulxumor Jaqsilikova Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 80
BADIIY PUBLISISTIKA yo'nalishi 
1 Dildora Xabibullayev Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi 95
2 Gulzoda Turdaliyeva Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 90
3 Dildora Anarboyeva Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi 80
TELERADIOJURNALISTIKA yo'nalishi 
1 Akmal Abduraxmonov Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi 85
2 Zohida Sotvoldiyeva Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi 80
3 Gulchiroy Danronbekova  Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi 82
ERKIN VOHIDOV HAYOTI VA IJODI BILIMDONI yo'nalishi 
1 O'quvchilar jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
2 Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
2 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
3 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi  
3 Muhammadrizo Ogahiy nomidagi ijod mktabi