O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

Prezident maktabi oʻquvchisi Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medalini qoʻlga kiritdi



Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Azimjon Oʻrinov XVII Xalqaro Jautikov informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiadasining bronza medali sohibiga aylandi.

Xalqaro Jautikov olimpiadasi matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan masofaviy tarzda 8-12-yanvar kunlari oʻtkazildi.

Olimpiadada 20 dan ziyod davlatdan 146 ta jamoa, jami 1006 nafar ishtirokchi oʻz bilimini sinab koʻrdi. Oʻzbekistonning turli hududlaridan Olimpiadada 10 ta jamoa ishtirok etdi.

14 nafar oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro Jautikov olimpiadasining medallarini qoʻlga kiritdi. Jumladan, mamlakatimiz vakillari 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 11 ta bronza medallari sohibiga aylandi.