O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

Aloqa ma'lumotlari:

   +998 (71) 207 20 17
   info@piima.uz, piima@exat.uz, p.piima@exat.uz
   100170 Toshkent shahri Do'rmon yo'li 34-uy

Bo‘sh ish o‘rinlari



Yuborishi lozim bo‘lgan elektron manzil:  d.talipova@piima.uz f.valiyeva@piima.uz


Vazifaviy majburiyatlari:

  • Olimpiadalarni tashkil qilish shoʻbasining ish jarayonini tashkil qilish va yuritish;
  • Agentlikning boshqa bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, shoʻba faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash;
  • Agentlik tasarrufidagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning Respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirokini tashkil qilish bo‘yicha o‘quvchilarni saralash mexanizmini ishlab chiqish va taʼminlash;
  • fan olimpiadalarini yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatli, ochiq va shaffof o‘tkazish hamda monitoringini yuritish jarayonini tashkil etish;
  • fan olimpiadalari va turli tanlovlarni tashkil qilish yuzasidan chet el tajribasini o‘rganib, monitoringini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirib borish va amaliyotga tatbiq qilish;
  • fan olimpiadalari uchun tayyorlanadigan nazariy va amaliy topshiriqlarning davlat va xalqaro taʼlim standartlari va o‘quv-metodik majmualariga tayangan holda tayyorlanishi hamda baholanishini amalga oshirishni taʼminlash;
  • Agentlik tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida fan musobaqalari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirish.

 Malaka talablari:

  • kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
  • kamida 3 yillik umumiy ish stajga ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • chet tillaridan biri ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilishi;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida erkin foydalana bilishi.

Ma'qullanadi:

  • tashkilotchilik, yetakchilik;
  • sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
  • davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
  • jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritish;
  • sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish

Hujjatlaringizni quyidagi elektron manzilga  d.talipova@piima.uzf.valiyeva@piima.uz yuborish talab etiladi.

Izox: Tavsiya etilayotgan nomzodning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (spravka-obyektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasi va mob.tel. raqami ko‘rsatilishi kerak.

Eslatma: lavozimga tanlov asosida ishga qabul qilinadi.




Vazifaviy majburiyatlari:

  • O‘quvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limning ish jarayonini tashkil qilish va yuritish;
  • Agentlikning boshqa bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, shoʻba faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil kilish va hisobotlar tayyorlash;
  • Agentlik tasarrufidagi maktablarda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish, ularda milliy feʼl-atvorning eng yaxshi sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish, Vatan, millat oldidagi fuqarolik va farzandlik burchi va vazifalarini bajarishga tayyorlash;
  • Yosh avlodni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida maktablarda psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish va tashkil etish;
  • O‘quvchilarda kasb-hunar egallashga nisbatan masʼuliyatlilik munosabatini tarbiyalash;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya ishlari rejalarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash tizimini tashkil qilish;
  • Tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.

 Malaka talablari:

  • kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
  • kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • chet tillaridan birini boshlang‘ich darajada bilishi;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida erkin foydalana bilishi.

 Maʼqullanadi:

  • tashkilotchilik, yetakchilik;
  • sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
  • davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
  • jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritish;
  • sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish.

Hujjatlaringizni quyidagi elektron manzilga  d.talipova@piima.uzf.valiyeva@piima.uz yuborish talab etiladi.

Izox: Tavsiya etilayotgan nomzodning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (spravka-obyektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasi va mob.tel. raqami ko‘rsatilishi kerak.

Eslatma: lavozimga tanlov asosida ishga qabul qilinadi.




 Vazifaviy majburiyatlari:

  • Bo‘limning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga taklif kiritadi;
  • Agentlik raxbariyati tomonidan ijro uchun yo‘naltirilgan xatlarning ijrosini taʼminlaydi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlaydi. Bo‘limda va ijod maktablarida ijro intizomi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning monitoringini olib boradi va bo‘lim boshlig‘iga axborot berib boradi;
  • Ijod maktablarini rivojlantirish bo‘yicha normativ-xuquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishda bo‘lim boshlig‘iga taklif beradi;
  • Maktablarning ichki monitoring natijalarini oladi. Uni tahlil qilish uchun bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga taqdim etadi. Ijod maktablaridagi pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik holatini doimiy tahlilini olib boradi, ulardagi pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi, rahbariyatga taklif kiritadi;
  • Bo‘limda yuzaga keladigan barcha tashkiliy ishlarini amalga oshiradi. Agentlik tasarrufidagi ijod maktablari  xodimlari uchun kadrlar masalasi bo‘yicha o‘quv seminarlarni tashkil etish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga taklif kiritadi;
  • Bo‘limning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish jarayonida o‘z takliflari bilan ishtirok etadi.

Malaka talablari:

  • kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
  • kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • chet tillaridan birini boshlang‘ich darajada bilishi;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida erkin foydalana bilishi.

 Maʼqullanadi:

  • tashkilotchilik, yetakchilik;
  • sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
  • davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
  • sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish.

Hujjatlaringizni quyidagi elektron manzilga  d.talipova@piima.uzf.valiyeva@piima.uz yuborish talab etiladi.

Izox: Tavsiya etilayotgan nomzodning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (spravka-obyektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasi va mob.tel. raqami ko‘rsatilishi kerak.

Eslatma: lavozimga tanlov asosida ishga qabul qilinadi.




Vazifaviy majburiyatlari:

  • Umumiy o‘rta taʼlimning Davlat taʼlim standarti, o‘quv dasturlari, darsliklarini uzluksiz takomillashtirib borishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • Taʼlim sifati samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv-metodik jarayonni yana-da rivojlantirish choralarini ko‘rish;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar yangi avlodining yaratilishini tashkil etish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • Umumiy o‘rta taʼlim fanlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini tahlil qiladi hamda zarur hollarda takomillashtirilgan o‘quv reja va dasturlarni tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;
  • O‘quv jarayonini metodik jihatdan taʼminlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi;
  • Fan o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini oshirish hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda metodik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etadi;
  • Darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar yangi avlodining yaratilishini tashkil etish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • O‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakl va usullari, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
  • Bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Innovatsion rivojlanish, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Adliya vazirliklari, Davlat test markazi, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, shuningdek, boshqa davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda metodik taʼminot va standartlarni ishlab chiqishni samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, bo‘lim faoliyatiga oid muhim masalalar haqida tegishliligi bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosariga muntazam ravishda axborot kiritib boradi;
  • Taʼlim jarayoni uchun zarur o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqilishini boshqaradi;
  • Agentlik tasarrufidagi muassasalarda taʼlim taraqqiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni muvofiqlashtiradii;
  • Agentlik rahbariyatining topshirig‘iga binoan, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari bilan respublikada taʼlimni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikdagi dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
  • Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi, shuningdek, bo‘lim xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qiladi.

Malaka talablari:

  • kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
  • kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • chet tillaridan birini boshlang‘ich darajada bilishi;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida erkin foydalana bilishi.

Maʼqullanadi:

  • tashkilotchilik, yetakchilik;
  • sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
  • davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
  • sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish.

Hujjatlaringizni quyidagi elektron manzilga  d.talipova@piima.uzf.valiyeva@piima.uz yuborish talab etiladi.

Izox: Tavsiya etilayotgan nomzodning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (spravka-obyektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasi va mob.tel. raqami ko‘rsatilishi kerak.

Eslatma: lavozimga tanlov asosida ishga qabul qilinadi.




Izox: Tavsiya etilayotgan nomzodning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (spravka-obyektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasi va mob.tel. raqami ko‘rsatilishi kerak.

Yuqorida ko‘rsatilgan lavozimlarga nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.