KEMBRIJ XALQARO TASHKILOTI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

#xalqaro_hamkorlik

⚡️ Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Buyuk Britaniyaning Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining birinchi bosqich jarayonlarini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Kembrij tashkilotining Prezident maktablariga kirish imtihon savollarini tuzishda ishtirok etgan ekspertlari Toshkent shahrida boʻlib turibdi. 

Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va tegishli boʻlimlardan masʼul xodimlar hamda Kembrij tashkilotining rasmiy vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida imtihon jarayonlarining birinchi bosqichi uchun Kembrij tomonidan tuzilgan test savollar yuzasidan fikrlar almashildi. Keyingi yillar uchun tuziladigan test savollari oldidan ekspertlar guruhi bilan yana uchrashuvlar oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi. 

Xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlari mamlakatimizda yuqori darajada tashkil etilganini eʼtirof etishdi. Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich jarayonlarini oʻtkazish borasida ham toʻxtalib oʻtildi.

Agentlik va Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yildan-yilga yaxshilab borilayotgani alohida taʼkidlanib kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator rejalar boʻyicha muzokaralar olib borildi.