1 октября - День учителя и наставника

1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun "Xalqlar do‘stligi" saroyida bayram tadbirlari bo'lib o'tdi. Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi vakillari, Agentlik tizimidagi maktablar o‘qituvchi va o‘quvchilari  ishtirok etishdi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ustoz va murabbiylarga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbirdan so‘ng, Agentlik vakillari "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yishdi.