Savol: O'quvchi bir vaqtning o'zida Agentlik tizimidagi 2 ta ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishi mumkinmi?
Javob: Ha, talabgor bir vaqtning o'zida ikkita ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirish imkoniyatiga ega.
Savol: Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga nechta o'quvchi qabul qilinadi?
Javob: Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 7-sinf o‘zbek sinf ga 20 nafar, rus sinfga 20 nafar,
8-sinf kesimida esa o‘zbek sinfga 20 nafar, rus sinfga 20 nafar o'quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Savol: Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning manzillari:
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahri, Osiyo ko'chasi 33-uyda;
Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko’chasida;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Mirzo G'olib ko'chasi 1-uyda joylashgan