Ijod maktabida yangi loyiha

Joriy yilning 27-oktabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Ko‘ngilga qaytib” nomidagi yangi loyiha o‘tkazildi. Ushbu loyihaning ilk mehmoni yosh shoir Humoyun Fattoh bo‘ldi. Tashrif buyurgan farg‘onalik yosh ijodkorlarni o‘ziga qamrab olgan tadbir yoshlar mushoirasiga aylanib ketdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan mushoirada yosh qalamkashlar hamda ijod maktabining barcha o‘quvchilari ishtirok etdi. Humoyun Fattoh tomonidan o‘qilgan she’rlar, savollarga bergan haqiqiy shoirona  javoblari uning she’riyatga muhabbatini, adabiyotga bo‘lgan bilimini ustunligini ko‘rsatdi.    Sahnada jonli kuylagan Farruxbek Nabiyevning qo‘shiqlari tadbirga boshqacha fayz berdi.  “Men she’rga oshnoman” deb sahnada she’r o‘qigan ijodkorlardan o‘quvchilar ijod yo‘lida kerakli tavsiyalar va eng asosiysi katta ruhiy motivatsiya oldilar.  Ba’zida, sahnalardan “hayajonlanaman” deydigan o‘quvchilarimizda bugun jasorat ustunlik qildi. Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar,  sahna ko‘rinishlari hamda ijodkorlar bilan o'tkazilgan mushoira chinakam adabiyot bayramiga aylandi. Bugungi so‘z bayrami maktabimiz o‘quvchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Bu kabi ijodiy mushoiralar yosh ijodkorlarni vatanni sevishga, ota – onani hurmat qilishga, insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashiga ishonamiz.