#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
⚡️Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Toshkent shahridagi Prezident maktabida shoir Muhammad Yusufning turmush oʻrtogʻi Nazira as-Salom hamda taniqli adib Tog’ay Murodning rafiqasi, yozuvchi va tarjimon Maxsuma Ahmedova ishtirokida adabiy uchrashuv oʻtkazildi.
Muloqotda Nazira as-Salom Muhammad Yusuf haqidagi xotiralari bilan o’rtoqlashar ekan, shoir oʻz Vatanini xalqona ohang bilan madh etgani, cheksiz mehr bilan sevganini ta'kidladi.
Bunday uchrashuvlar o’quvchi-yoshlar qalbida adabiyotga, she'riyatga mehr uygʻotishi bilan bir qatorda, sevimli adiblarimizning ibratli hayot yo’llari ularda Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg’ularining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.