Agentligimizning Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan joriy yilning  30-may sanasidan 6-iyun sanasiga qadar seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

#ixtisoslashtirilgan_maktab
#seminar_trening

⚡️Agentligimizning Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan joriy yilning  30-may sanasidan 6-iyun sanasiga qadar seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.  Unda viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 157 nafar malakali pedagog o‘qituvchilari viloyatdagi 4010 nafar umumta’lim maktab o‘qituvchilariga mahorat darslari o'tishadi.  

❗️ Ushbu seminar "Zamonaviy baholash tizimi hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish" mavzusida bo'lib, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining zamonaviy baholash tizimini umumta’lim maktablarida joriy etish bo‘yicha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda.

⏰ Ushbu seminar-treningdan asosiy maqsad, umumta’lim muassasalarining lider o‘qituvchilarini ta’lim-tarbiya berish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanishi, o‘quvchilarning olgan bilimini hayotda qo‘llay olish ko'nikmasini oshirishdan iboratdir.