Xabar berganimizdek, 11-iyundan e’tiboran Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining ikkinchi - test bosqichiga start berildi.
Agentlik rahbari Hilola Umarova call-markaz faoliyati hamda pedagog-kadrlarni saralab olish test imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlarini o’rganish maqsadida ayni damda Navoiy shahrida bo’lib turibdi.
Ma’lumot o’rnida, bugun - 13-iyun kuni o’zbek tili (davlat tili) fanidan testlar bo’lib o’tadi.