Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisining ijod namunalaridan

***
Sog‘inchim rangiday kunlaring oppoq, 
Qorachig‘im kabi tunlaring qora. 
Bizlar hech munosib bo‘ldikmi, aytgin, 
Nega jim turasan, maʼsumam ona.

Senga jon beraman deganlar qancha,
Аmmo jon olishdan boshqa ishi yo‘q.
Yurtga bo‘lgan sevgi-muhabbat asli,
Cho‘lponning ko‘ksini teshib o‘tgan o‘q.

Yana dod soladi mushtiparlaring, 
Sog‘inchi ilingan ro‘mollariga,
Topshirar o‘g‘lonin ming xayol bilan
Sibirning qahraton shamollariga.

Yetar, bas, uyg‘ongin, keldi vaqt-fursat, 
Bugun kelajaging olar alanga. 
Hech kimsa kirolmas, qadam qo‘yolmas, 
Til-u adabiyot degan qalʼangga.

Bugun ulg‘ayamiz ijod bog‘ida, 
Millatning yukini ortib yelkaga. 
Buyuk va mustahkam O‘zbekistonni 
Bizdek farzandlaring qurar ertaga!


Kamola Ma'rupova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi