Bugun, 21-yanvar, kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktabining ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminar-trening doirasida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining TESOL xalqaro sertifikatiga ega bo'lgan o’qituvchilari Barnoxon Negmatova va Adiba Parpiyevalar tomonidan "Future English" va “English Speaking Nation: secondary Teacher Training” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.
Unda ishtirokchilar bir-birlari bilan tajriba almashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Agentlik tomonidan o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishi uchun tashkil etilayotgan bu kabi o'quv seminarlar muntazam tarzda tashkil etib borilishi ko'zda tutilgan.