Xabar qilinganidek, 1-iyuldan barcha ijod maktablariga 2021-2022 o’quv yili uchun iqtidorli o’quvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.
Jumladan, Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida mazkur o’quv yili uchun 7-sinfga 12 nafar o’quvchi qabul qilinadi va imtihonda ishtirok etish maqsadida 110 o’quvchining arizalari qabul qilingan.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ham bo'lib o'tayotgan imtihonlar ota-onalar uchun zoom orqali ko'rsatilmoqda. Shuningdek, barcha imtihon o'tkazilayotgan maktablarda Face ID tizimi orqali talabgor-o'quvchilar shaxsiga aniqlik kiritilib, so'ngra imtihonga kiritilmoqda. Shu bilan birga jurnalistlar ham taklif etilgan, ular jarayonni yoritishmoqda. Bularning barchasi shaffoflikni ta'minlash yo'lida amalga oshirilmoqda.
Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham kirish imtihonlari o`tkazilmoqda. 330 nafar nomzod ijod maktabiga kirish uchun o`z hujjatlarini onlayn tarzda topshirishgan.
Shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ham imtihon jarayoni davom etmoqda. Joriy o'quv yili uchun 38 o'rin ajratilgan bo'lib, 297 nafar nomzod hujjat topshirgan.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham xuddi shunday imtihonlar o'tkazildi. Mazkur maktabga 282 nafar nomzod online hujjat topshirgan. 7-sinfga 12 nafar, 8 sinfga 14 nafar o’quvchi qabul qilinadi.
Shaffoflikni ta'minlash maqsadida, imtihon jarayonlarida nomzodlarning ota-onalari uchun farzandining qay tartibda imtihon topshirayotganligini onlayn kuzatish imkoni yaratildi.
Jarayonlar esa karantin qoidalariga amal qilgan holda davom etmoqda.