Al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga!

AGENTLIK TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI IQTIDORLI O'QUVCHILARNI QABUL QILISHDA DAVOM ETMOQDA

  • Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2021/2022-o‘quv yili uchun:
    5-sinfga 120 nafar;
  • 10-sinfga 120 nafar o'quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

     Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
  • elektron ariza;
  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning elektron nusxasi;
  •  3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
  • 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi (10-sinfga hujjat topshirayotgan nomzodlar maktab tabeli o'rniga attestat nusxasini taqdim qiladilar);
  •  ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat talab etiladi);

Al Xorazmiy maktabiga kirish imtihonlari tartibi qanday?
▶5-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

  • Matematika fanidan 30 ta test,  shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar beriladi - 93 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
  • Ingliz  tili fanidan 10 ta test - 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

▶10-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

  • Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan  5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
  • Informatika fanidan 10 ta test savoli – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
  • Fizika fanidan 10 ta test savoli – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 balldan);
  • Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

Kirish imtihonida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi,  imtihonlarning qayta o‘tkazilishiga yo‘l  qo‘yilmaydi.

Eslatib o'tamiz, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul davom etmoqda.

Qabul jarayoni va tartibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot:
“Call-markaz”  qisqa raqami:  1206;   71  207-72-22 
Web-site:  portal.piima.uz
Telegram: @piimauz
Facebook: piima.uz