Alibekova Aziza Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egalladi

Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi 11-"Blue" sinf o‘quvchisi Alibekova Aziza Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida qatnashib, faxrli
1-o‘rinni egalladi.

Alibekova Azizani maktab ma‘muriyati, barcha pedagog-ustozlar va tengdoshlari nomidan samimiy tabriklab, ko‘rik-tanlovning keyingi bosqichlarida, shuningdek, o‘qishlarida ham omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ilm olish va izlanishdan aslo charchamang!