Cambridge Assessment tashkiloti bilan onlayn vebinar o‘tkazildi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining hududlarga biriktirilgan mas'ul xodimlari va Davlat test markazi mas'ul xodimlari uchun Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan onlayn vebinar tashkil qilindi.

Vebinar doirasida Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi hamda maslahat-tanishtiruv kunida mas'ul xodimlarga yuklatilgan vazifalar to'g'risida ma'lumot berildi.

Cambridge Assessment tashkiloti vakillari Ilona Grayson va Jonathan Scholey ishtirokchilarga guruh nazoratchisi va hududlarga biriktirilgan xodimlarning vazifalarini tushuntirib o'tishdi. Vebinarda, shuningdek, imtihon jarayonlarida fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda mas'ul shaxslar qanday yo'l tutishi lozimligi haqida ma'lumot berildi.