Bulbullar ham qutlaydi seni,
Quyosh boshin tortqilar asta.
Derazamdan boqsam shabboda,
Qo‘llarimga tutdi guldasta.
Chiroyingdan lol, hayron bo‘lib,
Bosh ko‘tardi jajji boychechak.
Sen qalbimda chechaklar ochgan,
Hislarimni ortgan belanchak .
Kelgin, menga o‘z o‘rningni ber,
Bo‘lib qolay bir lahza senday.
Murg‘ak dilga baxsh etgan ilhom,
Bahor, chiroyingdan aylanay.
Durdona Inomjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi.