"Bilim doirasida" nomli intellektual ring ko'rsatuvi yo'lga qo'yildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda "Madaniyat va ma'rifat" telekanali bilan hamkorlikda "Bilim doirasida" nomli intellektual ring ko'rsatuvi yo'lga qo'yildi.

Unda Xiva shahridagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zaro kuch sinashishadi.