Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni:

-C toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
-B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
-A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
-Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.