Bolalar ijodidan namuna: Kitobga mehr

Ismim Foziljon. Ertaga tug'ilgan kunim.  Nima sovg'a berishar ekan deb qiziqyapman...  
Ertalab uyg'onsam, stol usti bezalgan, sal chetida katta bir quti-ochsam, men yaxshi ko'rgan adib - O'tkir Hoshimovning bir necha asarlari.  Eng ustida ,, Dunyoning ishlari". O'zimda yoq xursandman. Darrov oyim yoniga borib,  ''rahmat" aytdim. Oyijonim o'zlarining iliq tilaklarini bildirdilar.  Xonamga kirib, kitoblarni varaqlay boshladim.  Kitob o'qish eng yaxshi ko'rgan mashg'ulotim.  O'sha kuni tug'ilgan kunimni nishonladik. Ertasiga dadamni ishlari chiqib, meni maktabga mashinasida tashlab qo'yolmadilar. Maktab uzoq, avtobusda borishga qaror qildim.  Bekatda turganimda avtobus kelib to'xtadi. Chiqsam, bir necha sinfdoshlarim: Mehriddin, Shamsiddin va Fazliddin. Uchalasini qo'lida ham telefon. Men sekin sumkamdam tug'ilgan kunimdagi kitoblardan birini olib o'qiyotgan edim, Shamsiddin gap boshladi:
-''Iya, bizni bilimdonimizku.  Qo'lidagi kitobmi? Nahotki, shuni bilmasang, transport vositalarida kitob o'qisang, ko'zing o'ynoqi bo'lib qoladiku, yana davolay olmay o'tirma", dedi qo'lidagi telefonida o'yin o'ynayotib. Birdan boshqa bolalar kulib yubordi,  boshlarini telefondan ko'tarmay. O'zi Shamsiddin juda dimog'i baland bola. O'zini osmonda sezadi. 
'' Bilsang, bu kitobni menga dadajonim sovg'a qilganlar.  Avvalo, meni qayg'urayotganing uchun rahmat,  lekin o'zingni qayg'ursang bo'lardi. Senga juda rahmim kelyapti.  
Biz kitob o'qib ko'zimiz o'ynoqi bo'ladi-yu, senga telefon o'ynab hech nima bo'lmaydimi? Men mana shu kitob orqali bilim olyapman, oqni qoradan ajratadigan bo'ldim. Hozir sizlarga qo'shilib o'yin o'ynashim ham mumkinku! Lekin bundan nima naf? To'g'ri,  telefondan to'g'ri foydalanilsa yaxshi tomonlari ham bor, lekin buyog'i sendakalarga qorong'u",- dedimda tushib ketdim.  
Shu kundan boshlab, Shamsiddinning o'qishlari yaxshi tomonga o'zgardi, u kitobga mehr qo'ydi. Biz yaqin do'st bo'ldik. (O'sha kuni men dadamdan maktabga o'zlari tashlamaganlari uchun xafa bo'lgandim. Hamma narsaning yaxshi tomoni, kitobning hikmati bor ekan! Endi tushundim.) Men ikki narsadan xursandman…

✍️ Baxtiyorova Dilmira, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi