Bolalar ijodi: "Ona"

Ona
Men oʻzimcha haqman, oʻzimcha rostgoʻy,
Faqat oʻzim uchun degan tushuncha.
Yodimdan chiqdingiz, yodingizdaman…
Qancha yosh toʻkdingiz men anglaguncha.

Dunyolar ichidan dunyo izladim, 
Oʻzimni topdimmi sizni unutib.
Yana qaytmoqdaman yurgan yoʻlimdan,
Umringiz oʻtdimi yoʻlimni kutib.

Oʻtdi koʻrganlarim- oʻn olti bahor,
Yana gulga eltdi oliy hakam vaqt.
Kun chiqar quyosh va mehr taftidan,
Endi koʻnglimizda gullayotir baxt!

Xayolim surating chizdi har sahar,
Qalb o‘rik guliga ko‘milib ketdi.
Har dam yonginamda bo‘lmading, meni
Shirin xotiralar yoningga eltdi.

Hijron torlarini chaldi fasllar, 
Sochimga oq tushdi, yuzimga ajin.
Bizni ayirmadi zalvorli yillar,
Qalbim hamon sening qalbingga yaqin.

Necha yil umrimni sovurdi sog‘inch,
Ishqingni quchoqlab ovundim, erkam.
Yillar meni sendan ayirolmadi,
Men hayot ekanman, tiriksan sen ham.

 

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10- sinf o‘quvchisi Nozima Mamatqulova