Bolalar ijodidan namunalar: Vatan

Vatan

Vatan yuragimda tug'ilding qachon
Nafas olgandami,ko'z ochgan onim
Tanamda his etib ajib hayajon
Yerga tekkandami ilk bor tovonim.

Tilimdan eng avval yangragan kalom
"Ona" so'zi bilan bo'ldingmi paydo
Tug'ildingmi menga qo'yilganda nom
Eshitganda Azon muqaddas sado.

Poyoniga yetib go'daklik chog'i
Muhabbat aqlni olganda asir
Sevgi yaratgan deb butun dunyoni
Ko'nglimga kirdingmi ishq ila birga

Yurt cho'li , shuvoqlar yastangan hudud
Sahroi-kabirning oldida jannat
Behisht nusxasidan go'yo bo'lgan but,
O'zbekiston - yerdagi beqiyos san'at

 Gulshoda Abdulboqiyeva, Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi