Bolalar ijodidan namunalar: Senga

Sanchiladi tovonimga qo‘sh  tikanlar,
Axir o‘zim tikan bosgan yo‘ldan yurdim. 
G‘am ko‘rmagan baxt ismli shaharchadan,
Baxt chechaklar terib kelay senga yurtim.

Meni kechir, oftob yegan bu yelkangdan,
Ketmoningni olmoqqa hech yetmas kuchim.
Rozimisan ezgulikning ketmonini,
Yelkadamas ko‘kda tutsam sening uchun.

Shoir bo‘lgum seni alqash uchun emas,
Hushomango‘y misralardan siquvdaman.
Vatan seni baland parvoz gap so‘zlardan,
Kasal bo‘lib qolishingdan qo‘rquvdaman.

Sen chorlagin bog‘laringga ketayotib,
Daryolarni eltib beray sug‘organi. 
Bugun shahdam qadam tashlab borar qizing,
Tovoningdan tikanlarni sug‘urgani...

Nilufar Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf  o‘quvchisi