Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavallud kuni 

Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari shoir nomiga atalgan maydonda viloyat tadbirida ishtirok etishdi. 

Ushbu tadbirni Andijon viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov ochib berdi, yangi O‘zbekistonda yana Muhammad Yusuf, Cho‘lpon, Zahriddin Muhammad Bobur kabi shoirlar yetishib chiqishiga tilakdosh ekanini bildirdi. 

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tadbirda sahna chiqishlarini namoyish etishdi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi ko‘chalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Andijon shahridagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.