“Bugun siz maktabni boshqarasiz,  ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

“Bugun siz maktabni boshqarasiz,  ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

Vazirligimiz tomonidan maktab direktorlari uchun yangi loyiha - Liderlar hamjamiyatini tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Ushbu hamjamiyatning maqsadi nimadan iboratligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.

Eng avvalo, maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan  xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashimiz lozim.

Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. 

Butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihadan umidimiz katta.

Chunki ta'lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonini sifatli tashkil etish esa avvalo rahbarga bog‘liq.