BUXORODA AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

#qabul_2024
#ishchi_guruh
#sayyor_qabul 

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Buxoro viloyatidagi maktablari shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida viloyatda boʻlib turibdi.  

Agentlik direktori bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul o‘tkazdi. Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Qolaversa, Agentlik direktori bugun Kogon shahri, Kogon va Buxoro tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Ikki kun davom etgan oʻrganishlar yuzasidan Agentlikning Buxoroda joylashgan maktablari direktorlari bilan ishchi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati yuzasidan soʻz bordi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.