Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
HURMATLI O‘QUVCHILAR VA IJODKOR YOSHLAR!
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
"QODIRIY ASARLARI QAHRAMONLARIGA MAKTUB"
➖Bu yo‘nalishda ishtirokchilar Abdulla Qodiriy asarlaridagi har qanday qahramonga xayoliy maktub yo‘llashlari mumkin;
➖Maktubda o‘sha davr voqealari, qahramonning taqdiri, bugungi zamon bilan qiyosiy tahlil va shaxsiy mulohazalarga o‘rin berilishi maqsadga muvofiq.
"QODIRIY ASARLARIDA MILLIYLIK IFODASI"
➖Bu yo‘nalishda ishtirokchilar maqola yoki badiiy-publitsistik esse shaklida Qodiriy asarlaridagi milliy ruh, urf-odatlar, xalqona tafakkur, tarixiy obrazlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishlari mumkin.
TEATR IBRATXONA: “QODIRIY QAHRAMONLARI JONLANGANDA"
➖Bu yo‘nalish sahna ko‘rinishlari uchun mo‘ljallangan.
➖Ishtirokchilar Qodiriy asarlaridan sahna asari tayyorlab, adib yaratgan obrazlarni jonlantirish orqali ularning botiniy dunyosi, zamonaviy hayot bilan aloqasi va yoshlar uchun beradigan saboqlarini ko‘rsatib berishlari kerak.
➖(video davomiyligi 3-4 daqiqadan, hajmi 250 mbdan oshmasligi kerak).
Tanlov uchun ishlar 6-aprelga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblar munosib tarzda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Adib merosiga munosib hurmat ila, ijodiy ishlarda faol ishtirok eting!
Qo‘shimcha ma’lumot va ishlarni topshirish uchun murojaat:
Telefon: +998977443731
Telegram: @Laziza_Naz
Tanlov natijalari 10-aprel kuni eʼlon qilinadi.