EʼLON: AGENTLIK DIREKTORI O'RINBOSARINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

#diqqat_eʼlon
#Xorazm_viloyati

 

 Joriy yilning 13-mart kuni soat 14:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari Sevara Shakirova Xiva shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi. 

Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat. 

Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Xiva shahri, Amir Temur koʻchasi, Mevaston mahallasi.