#diqqat_eʼlon
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
Joriy yilning 14-mart kuni soat 16:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sayyor qabul oʻtkazadi.
Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.
Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Nukus shahri, A.Dosnazarov koʻchasi, 136-uy.