Namangan shahridagi Prezident maktabida o'tkazilayotgan "Face to face with the leader" loyihasining navbatdagi mehmoni Namangan viloyati Adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Zulfiya Ahmedxo'jayeva bo'ldilar.
Trening ayollar va xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan "Gender tenglik bizning nazarimizda" mavzusida tashkil etildi.
Jarayon davomida o'quvchi qizlar dunyo mamlakatlari va Respublikamizda ushbu sohada tashkil etilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.