Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ‘quvchilari  “Farg‘onaazot” Aksiyadorlik jamiyatida bo‘lishdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan 10-sinf o‘quvchilari  “Farg‘onaazot” Aksiyadorlik jamiyatida bo‘lishdi. 

Uchrashuv doirasida o‘quvchilar tashkilot faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Mazkur uchrashuv Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Farg‘onaazot” AJ bilan hamkorlik tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida tuzilgan Memorandumga muvofiq tashkil etildi.