Farzandi Prezident maktabida ta'lim olayotgan ota-onalar bilan suhbatlashishni davom ettiramiz (Video)

Samarqand Prezident maktabining  10 - sinf o'quvchisi Kazakov Hasan, mavsumiy ishchi Kazakov Rustam aka va bog'cha tarbiyachisi Kazakova Lutfiya opa oilasida 4 nafar farzandning uchinchisi. 

O'g'lim Prezident maktabiga kirmoqchiman, omadimni sinab ko'ray deb aytganida uncha ishonmagandik. Haqiqat bor ekan. Haligacha uning bu maktabda o'qiyotganiga ishonolmaymiz- deydi Rustam aka

Birinchi bosqichda 100 ball to'plab, faxrli o'rinni oldi. O'g'limning erishgan bu yutug'i bilan judayam faxrlanaman, - deydi onasi Lutfiya opa.