Fizika sohasi rivoji yo'lida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi ayni paytda yurtimizdagi ta’lim muassalarida fizika fanini o'qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o'qitish uslublarini olib kirish, kuchli mutaxassislarni tayyorlash hamda sohadagi mavjud muammolarning yechimini topishga qaratilgan.

Fizika fani bo'yicha zamonaviy darsliklar yaratish yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi, fizika fani bo'yicha o'quv va ilmiy laboratoriyalarning zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir etib kelayotgani hamda masalalar to'plami, laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha qo'llanmalar va multimedia dasturlarini ishlab chiqish lozimligiQarordata’kidlangan.

Ayni paytda sohadagi bu kabi muammolarning yechim topishi uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar maqsadga muvofiq, deyish mumkin.

Shu asosda, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi zimmasiga umumta’lim maktablar foydalanishi uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, fizika fani bo‘yicha zamonaviy multemediya mahsulotlarini yaratish hamda tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar uchun metodik ko‘mak ko‘rsatish kabi vazifalar yuklatildi.

Aytib o‘tish joizki, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari, jumladan, Mirzo Ulugbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati faoliyatini takomillashtirish ham ko'zda tutilgan.

“O’zbekiston24” telekanalining “Axborot24” dasturida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Amirulla Abdullaev va Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Hakimboy Samandarovlar bu borada olib boriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berib, belgilangan vazifalarni to‘la-to‘kis ado etish orqali fizika sohasidagi kelgusi yutuqlar uchun yo‘l ochilishini ta’kidlashdi.