Prezident ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i To‘raboy Shermatov ayni damda o‘zaro tajriba almashish dasturi doirasida Koreya Respublikasining Chonnan shahrida bo‘lib turibdi.
Mazkur tajriba almashinuv dasturi Koreya Respublikasining Ta’lim vazirligi va Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Dasturi doirasida seminar-treninglar davomida:
– koreys tili o'qitiladigan ta’lim muassasalarida xorij tilini o‘qitish tajribasi,
– ta’limda so‘nggi texnologiyalardan foydalanish,
– istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu seminarlar O‘zbekistondagi ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlar uchun tashkil etilgan.
Dastur 9-dekabrga qadar davom etadi.