Geografiya fan oyligi festivali boshlandi

 

 

15 mart kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida  geografiya va iqtisod fanlari oyligi doirasida “Jahon  bo'ylab sayohat” mavzusida festival bo'lib o'tdi. Festivalda 6 - sinf o'quvchilari materiklar haqida, 9-sinf o'quvchilari esa "Katta yettilik mamlakatlar"i haqida o'zlari tayyorlagan qiziqarli ma'lumotlar, ijodiy ishlar, badiiy chiqishlari, xorijiy mamlakatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar va raqslar namoyish etdilar.