Guliston shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agetligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Unda Prezident maktabi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi, Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Turnir natijalariga ko‘ra:

  1. Guliston Prezident maktabi jamoasi 1-o‘rinni,
  2. “Vatanparvar” tashkiloti 2-o‘rinni,
  3. Milliy Gvardiya va 532-batalyon jamoalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.