Nukus shahridagi Prezident maktabida yoshlarning taklif va mulohazalarini muntazam ravishda oʻrganib borish, maktab hayotiga oid oʻquvchilarni qiziqtirayotgan va savol tugʻdirayotgan masalalarga birgalikda yechim topish maqsadida “Usыnыs qutыsы”, yaʼni “Takliflar qutisi” oʻrnatildi.
Endilikda oʻquvchi yoshlarning takliflari rahbariyat tomonidan atroflicha oʻrganib chiqiladi va tezkorlik bilan javob qaytariladi.
Yoshlarni iqtidorini rivojlantirish, isteʼdodli oʻgʻil-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirishda rahbariyat va oʻquvchilar oʻrtasidagi doimiy aloqa juda muhim.
Hozirga qadar oʻquvchilarning takliflari asosida “Roboto texnika”, “Mental arifmetika”, “Soding club” va “Shess club” toʻgaraklari qoʻshimcha tashkil etildi.