HUDUDLARDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika, fizika va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Treninglar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi trener-o‘qituvchilari tomonidan chorak yakunlari bo‘yicha summativ baholash (CHSB) sinovlari natijalaridan kelib chiqib tashkil etildi.
Seminar-trening ayni paytda Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabida bo‘lib o‘tmoqda.