IBROYIM YUSUPOV TAVALLUDINING 96 YILLIGIGA BAGʼISHLANGAN TANLOV OʻTKAZILADI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi Ibroyim Yusupov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 7-11-sinf oʻquvchilari o‘rtasida “Shoirga bagʻishlov” mavzusida sheʼrlar tanlovini e’lon qiladi.

HURMATLI O‘QUVCHILAR VA IJODKOR YOSHLAR!

Tanlov shartiga koʻra, sheʼrlar Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga bagʻishlangan hamda kamida besh banddan iborat boʻlishi, shuningdek elektron shaklda topshirilishi lozim.

Tanlov uchun ishlar 30-aprelga qadar qabul qilinadi.

G‘oliblar munosib tarzda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Qoʻshimcha ma’lumot va ishlarni topshirish uchun murojaat: 
➖Telefon: +998913772373
➖Telegram: @Bumen73