Ijod maktabi o'quvchilari "Ochiq eshiklar kuni" da ishtirok etishdi

Bugun, 13 - sentabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi o'quvchilari Viloyat bolalar kutubxonasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” doirasida "Ochiq eshiklar  kuni"ga tashrif buyurishdi.

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida yangi kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi va ular haqida o'quvchilarga ma'lumot berildi. 

Bunday ko'rgazmalarni tashkil etishdan maqsad - yoshlardagi  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdan iboratdir. Kitob insonni yaxshilikka, ezgu niyatlarga boshlovchi ajoyib do'st hisoblanadi. Yosh avlodda kitobga bo'lgan muhabbatni oshirish har tomonlama muhim vazifadir.