Ijod maktabi o'quvchilari Uvaysiy muzeyida

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ajdodlar tarixi, madaniy meros va muzeylar bilan tanishtirish maqsadida Jahon otin Uvaysiy muzeyiga sayohat, Farg‘ona viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyiga,  viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga, markaziy kutubxonaga, xotira va qadrlash muzeyi va ziyoratgoh majmualariga sayohatlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 17-sentabr kuni ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari Marg‘ilon shahridagi “Kaptarli mozor” ziyoratgohiga borishdi. Ziyorat davomida o‘quvchilarning hayrat to‘la ko‘zlaridan ilohiy ilhomlar nur kabi yog‘ilib turdi, desak adashmagan bo‘lamiz. Bu kabi sayohatlar o‘quvchilarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-onaga sadoqat, ustozlarga ehtirom, ularga yaxshilik qilish tuyg‘ularini yanada gurkirashiga xizmat qiladi.  

Erkin Vohidov maktabi ijod maktabi Matbuot xizmati