Ijod maktabi o'quvchilari armiya hayoti bilan tanishtirildi

Joriy yilning 5- aprel kuni Nukus shahridagi Ibrohim Yusupov nomidagi ijod maktabining 11- sinf o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda Nukus shahridagi Shimoli-G'arbiy harbiy okrugining Dala o'quv maydonigaborishdi.

Tashkil etilgan sayohatdan asosiy maqsad maktab bitiruvchilarining Ona vatan va armiyamizga bo'lgan sadoqati va sodiqligini yanada oshirishdan iborat. Dala o'quv moydanida xizmat o'tayotganlar tomonidan o'quvchilarga barcha qurol-aslahalarning texnik-taktik imkoniyatlari haqida keng ma'lumot berildi. O'quvchilar armiya hayoti, u yerda yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va texnik qurol-aslahalari bilan ishlash ko'nikmalarini egalladi.