Ijod maktabi o'quvchisi nufuzli horij oliygohlarida yozgi ta'tilni o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritdi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizmidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o’quvchisi Sayyora Tileshniyazova  dunyoning nufuzli 4 ta oliy ta'lim dargohi: Oxford, Cambridge, London hamda Sidney universitetlaridan grant yutib oldi. 

Sayyora mazkur oliygohlarda yozgi ta'tilni o'tkazish va o'quv seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.