Ijod maktablariga kirish imtihonlari bilan bog‘liq jarayonlar, mazkur maktablar faoliyatidagi kutilayotgan o‘zgarishlar haqida Prezident ta’lim muassasalari agentligining Ijod maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Said Ashirov bilan suhbat uyushtirdik.
Ijod maktablari imtihonlari yakuniga yetdi. Jarayon haqida gapirsangiz?
Pandemiya tufayli 2020/2021-o‘quv yilida ijod maktablariga qabul amalga oshirilmadi. Kelayotgan o‘quv yili uchun esa, barcha karantin talablarini inobatga olib, qabul jarayonlari tashkil qilindi. Xususan, Agentlik, Yozuvchilar uyushmasi va Davlat test markazining Qo‘shma qaroriga asosan, imtihon sinovlari 2 bosqichda amalga oshirildi.
1-bosqich O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2 turdan iborat, ya’ni ijodkor o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, yozma nutqi va savodxonligini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan yozma ish hamda bitirgan sinfida adabiyot fanidan o‘zlashtirgan materiallari asosida suhbat tarzida tashkil etildi. 2-bosqich esa test sinovlari shaklida bo‘lib o‘tdi.
Qaysi maktabga eng ko‘p hujjat topshirilgan va natijalar qachon e’lon qilinadi?
Joriy yil 25 avgust kuni hamma ijod maktablarida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi. 2291 nafar talabgor soni tashkil etib, o‘rtacha 1 o‘ringa 7 nafarni tashkil qildi. Test natijalari esa yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Bu yilgi imtihonlar o‘tgan yilgi imtihonlardan nimasi bilan farq qildi? Imtihon tashkiliy tomonlarida ham farqli jihatlar bormi?
Albatta, bu yil ilk maratoba barcha 9 ta maktabga bir vaqtda test sinovlari o‘tkazildi. Doimiy tarzda Agentlikning ijtimoiy tarmoqlari orqali, maxsus tashkil qilingan matbuot anjumanlari orqali imtihonlar haqida ma’lumotlar muntazam yetkazib borildi. Imtihon materiallaridan namunalar Agentlikning rasmiy telegram kanalida talabgorlarga taqdim qilindi.
Shuningdek, talabgolarning hujjatlarini onlayn qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Imtihon sanalari haqida SMS xabar o‘zi tomonidan taqdim qilingan telefon raqami orqali yuborib turildi, ma’lumotlar har bir talabgor “Shaxsiy kabinet”ga joylashtirib borildi.
Bu yilgi ijod maktabi o‘quvchilarini qanday yangiliklar kutmoqda. Agentlik tomonidan ijod maktablari faoliyatida qanday yangiliklar olib kirish kutilmoqda?
Shuningdek, maxsus adabiyot, nutq madaniyati va notiqlik fanlaridan yangi avlod darsliklari yaratilmoqda. Ular asosida bilim olgan yoshlar adabiyot nazariyasi, tarjima asoslari, publitsistika kabi fan yo‘nalishlarida malakali ustozlardan saboq olishadi. Yozuvchilar Uyushmasi a’zolari bilan mahorat darslari olib boriladi.
Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan maktablarning soni yana 13 taga ko‘payishi, mavjud 5 ta ijod maktablarining ta’mirlanishi ham ijodkor. Iqtidorli yoshlarning shakllanishida alohida ahamiyatga ega.
Ijod maktablarida o‘quvchilarning chet el adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun “Yosh tarjimonlar to‘garagi”ni tashkil etish, veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san’at, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Agentlik axborot xizmati