Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 24-iyun kuni boshlanadi!

Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 24-iyun kuni boshlanadi!

☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

❓Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat) 
3️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot,  chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat) 
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o'tkaziladi.